Putin Imomali Rahmonga javob qaytardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning e’tiroziga javob qaytardi.
«Men so‘zimni Imomali Sharipovich aytgan gaplarga munosabatdan boshlamoqchiman. Ha, u qisman haq. Ha, sobiq ittifoq davrida kitob tarqatilardi, milliy tillarda teatrlar ochilardi, madaniyat va iqtisodiyotni rivojlantirishardi. To‘g‘ri, barcha formatlarimizda aniq vazifalarni muhokama qilishimiz kerak», degan Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuvdan maqsad shunchaki gaplashish emas, balki mintaqaviy loyihalarni ko‘rib chiqish, ularni mavjud imkoniyatlar bilan uyg‘unlashtirish va nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy miqyosda ham ilgari surishdir. Putin bu orqali ko‘p masalalarni samarali hal qilish mumkinligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 oktyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti davomida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Putinga qattiq e’tiroz bildirib, Sobiq Ittifoq rahbarlariga o‘xshab siyosat yuritmasligini so‘ragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter