Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin migrantlarga qo‘shimcha 133 kun muhlat berdi

Putin migrantlarga qo‘shimcha 133 kun muhlat berdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi xorijliklarning maqomini tartibga solish muddatini uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.

Farmon bilan «Rossiya Federatsiyasida chiqarib yuborish rejimi qo‘llanilishi munosabati bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qonunning ayrim qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, hujjatdagi «2025-yil 30-aprelgacha» so‘zlari «2025-yil 10-sentyabrgacha» deb o‘zgartirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring