Putin Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Putin bundan buyon ham Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni barcha yo‘nalishlarda har tomonlama rivojlantirishga ishonch bildirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tabrik matnida qayd etilishicha, O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi, jahon maydonidagi nufuzi tobora ortib bormoqda, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi ko‘plab muhim masalalarni hal etishga amaliy hissa qo‘shmoqda.
“Davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida jadal rivojlanmoqda. MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Ishonchim komilki, biz bundan buyon ham Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni barcha yo‘nalishlarda har tomonlama rivojlantiramiz. Bu do‘st xalqlarimiz manfaatlariga, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadlariga to‘la mos keladi”, - deyilgan Rossiya prezidenti tabrigida.
Putin O‘zbekiston rahbariga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakatning barcha fuqarolariga farovonlik va ravnaq tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter