Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: Rossiya AESlari dunyoda eng talabgir

Putin: Rossiya AESlari dunyoda eng talabgir

© Sputnik

Putinning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy energetika texnologiyalarining to‘liq zanjiri va ishlab chiqish tajribasi faqat Rossiyada bor.
 
Rossiya atom elektr stansiyalari (AES) dunyoda eng talabgir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva shahridagi Jahon atom haftaligi xalqaro forumida ma’lum qildi.
 
Asosiy bayonotlar:
  •  
    Dunyoda yangi texnologik tartib paydo bo‘lmoqda. Tobora ko‘proq davlatlar tinch atom energiyasini uzoq muddatli, jadal rivojlanish imkoniyati deb bilmoqda.
  •  
    Global Janub va Sharq mamlakatlari rivojlanishi tinch atom energiyasiga talabni oshiradi.
  •  
    Yadroviy energetika texnologiyalarining to‘liq zanjiri va ishlab chiqish tajribasi faqat Rossiyada bor.
  •  
    Tinch atom energetikasini rivojlantirish va yadro qurolini tarqatmaslik rejimi o‘rtasida muvozanatni saqlashi kerak.
  •  
    Siyosiy vaziyatdan qat’i nazar, Rossiya yadroviy sohada o‘z majburiyatlarini to‘liq bajaradi. Rossiya o‘z yadroviy hamkorlarini qaram holatga keltirmaydi.
  •  
    Rossiya tez orada quruqlikda va suzuvchi kichik atom elektr stansiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshlaydi.
  •  
    Yer sharida uran zaxiralari 2090 yilgacha yoki undan ham oldinroq tugashi mumkin.
  •  
    2030 yilga borib Rossiya dunyoda birinchi yopiq yoqilg‘i siklli atom energetika tizimini ishga tushiradi.
Putin Rossiya uchun ustuvor vazifa ular qayerda joylashganidan qat’i nazar, atom energetikasi ob’yektlarining yadroviy xavfsizligini ta’minlash ekanini qayd etdi.
 
“Eng avvalo, bizning mamlakatimiz uchun mutlaqo ustuvor vazifa ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, yadro ob’yektlari va qurilmalarining yadroviy xavfsizligini ta’minlash va himoya qilishdir”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Tadbir boshlanishi oldidan Putin “Atom” pavilonida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi, Belarus prezidenti Aleksandir Lukashenko, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Myanma prezidenti vazifasini bajaruvchi Min Aun Xlayn, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va boshqalar ishtirok etdi.
Moskvada 25-28 sentyabr kunlari Rossiya atom sanoatining 80 yilligiga bag‘ishlangan Jahon atom haftaligi xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirga 118 ta davlat vakillari tashrif buyurgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring