Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiya Belarusga birinchi taktik yadro qurolini yetkazib berganini tasdiqladi

Putin Rossiya Belarusga birinchi taktik yadro qurolini yetkazib berganini tasdiqladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiyaning birinchi yadro kallaklari Belarusga yetkazilganini aytdi.

«Biz taktik qurollarning bir qismini Belarus hududiga olib boramiz. Birinchi yadro zaryadlari allaqachon Belarus hududiga yetkazilgan. Bu ishni yoz oxirigacha yakunlaymiz. Bu jilovlash elementi», – dedi Putin.

Shuningdek, u Rossiyada hali yadro qurolidan foydalanish zarurati yo‘qligini, biroq Rossiya ularning sonini kamaytirmasligini aytdi.

«Yadro qurollari bizning xavfsizligimiz va Rossiya davlatining mavjudligini ta’minlash uchun yaratilgan. Bizda, birinchidan, uni ishlatishga ehtiyoj yo‘q. Ikkinchidan, bu mavzu bo‘yicha fikr yuritishning o‘zi allaqachon quroldan foydalanish chegarasini pasaytirish imkoniyatini pasaytiradi. Bizda bunday qurollar NATO mamlakatlariga qaraganda ko‘proq. Ular bu haqda bilishadi va har doim bizni yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha muzokara boshlashga undaydilar», – degan Rossiya prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring