Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin ruslarga murojaat bilan chiqdi

Putin ruslarga murojaat bilan chiqdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Markaziy saylov komissiyasining saylov natijalari bo‘yicha qaroridan so‘ng rossiyaliklarga murojaat qildi.

Putin kimga ovoz berganidan qat’i nazar, saylovning barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirgan.

«Har bir nomzodning muayyan muammolarni hal qilishda o‘ziga xos yondashuvi bor edi. Biz barcha konstruktiv takliflardan, saylovchilarda aks-sado bergan barcha g‘oyalardan mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi umumiy ishimizda albatta foydalanamiz», — degan Putin. U saylovlar va kampaniyani «qisqa va o‘ta mas’uliyatli» deb atagan.

Bugun, 21 mart kuni ertalab Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, saylovda jami 87,5 million saylovchi ovoz bergan. Saylovchilarning 77,49 foizi ishtirok etgan.

Nomzodlar uchun berilgan ovozlar quyidagicha taqsimlandi:

  • Vladimir Putin – 87,28% (76 277 708 ovoz);
  • Nikolay Xaritonov –  4,31% (3 768 470 ovoz);
  • Vladislav Davankov – 3,85% (3 362 484 ovoz);
  • Leonid Slutskiy – 3,2% (2 795 629 ovoz).

Eslatib o‘tamiz, aksar G‘arb davlatlari Rossiyada saylov erkin va halol o‘tkazilganini savol ostiga oldi va uning qonuniyligini tan olmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring