Putin Tramp bilan BAAda uchrashishini istisno qilmadi

Putin BAAni Tramp bilan uchrashish uchun qulay joylardan biri deb atadi.
«Bunday tadbirni tashkil etishda bizga yordam berishga tayyor bo‘lgan ko‘plab do‘stlarimiz bor. Do‘stlarimizdan biri BAA prezidenti. O‘ylaymanki, biz bir qarorga kelamiz. Lekin bu juda mos joylardan biri bo‘lardi», - dedi Rossiya prezidenti.
Avvalroq Kreml uchrashuv o‘tkaziladigan joy allaqachon kelishib olingani, biroq keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qilgandi.
Putinning aytishicha, uning AQSh rahbari bilan uchrashuviga har ikki tomon - Rossiya va AQSh qiziqish bildirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, umuman olganda, Zelenskiy bilan uchrashishga ham biror qarshilik yo‘q, lekin buning uchun aniq sharoitlar yaratilishi kerak.
Bir muddat avval G‘arb matbuoti Tramp Rossiya yetakchisi bilan uchrashuvdan keyin Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazishi haqida yozgandi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, AQSh rasmiylari birinchi marta Rossiya urushni tugatish uchun nima talab qilishi mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega. Gap endi ukrainaliklarda qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter