Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Putin Ukrainaga hujum qilolmas edi»: AQSh sobiq rahbarining afsusi

«Putin Ukrainaga hujum qilolmas edi»: AQSh sobiq rahbarining afsusi

Budapesht memorandumi imzolanishidan keyin. 1994 yil.

AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton 1994-yilgi Budapesht memorandumidagi rolidan afsusda ekanini bildirdi.

Bu haqda u Irlandiyaning RTE telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Shartnomaga ko‘ra, Ukraina SSSR parchalanganidan keyin o‘z hududida qolgan yadro qurolidan voz kechgan, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniya uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzmaslikka va’da bergandi.

Klintonning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Boris Yelsin memorandumni Ukraina yadro qurolidan voz kechishini istagani uchun imzolagan. Rossiyaning amaldagi rahbari Vladimir Putin mazkur kelishuvni qo‘pol ravishda buzdi.

«O‘ziga qulay bo‘lganida, prezident Putin buni buzdi va birinchi bo‘lib Qrimni oldi. Men bundan dahshatga tushdim, chunki Ukraina juda muhim davlat», — dedi Klinton.

Uning ta’kidlashicha, ukrainaliklar yadro qurolidan voz kechishni istamagan, chunki uni Rossiyaga yagona mudofaa deb hisoblashgan. Amerikalik siyosatchining fikricha, agar Kiyev yadroviy qurolga ega bo‘lganida, Rossiya Ukrainada harbiy operatsiyani boshlamagan bo‘lardi.

«Men o‘zimni shaxsan aybdor his qilyaman, chunki men ularni (Ukrainani) yadro qurolidan voz kechishga ko‘ndirdim», — dedi Klinton.

U, shuningdek, G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak, degan fikrni bildirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring