Putin va Bayden uch kundan keyin gaplashib olishadi

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi videomuloqot 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Kechki payt. Prezidentlarning o‘zlari hal qiladi», – deya qo‘shimcha qildi u uchrashuv qaysi vaqtga mo‘ljallangani va qancha davom etishi haqidagi savolga javob berarkan.
Qayd etilishicha, prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladilar va kun tartibidagi dolzarb masalalarga: Afg‘oniston, Eron, Liviya va Ukrainadagi vaziyatga to‘xtalishlari mumkin.
Bundan tashqari, ular pandemiya, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va neft bozori muammolari haqida gaplashishlari kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter