Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va mudofaa vaziri Shoygu o‘rtasida keskinlik kuchaydi — New York Times

Putin va mudofaa vaziri Shoygu o‘rtasida keskinlik kuchaydi —  New York Times

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘rtasida Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainadagi yo‘qotishlari haqida Kreml rahbariga aytilmagani sababli keskinlik kuchaygani xabar qilindi.

Bu haqda New York Times gazetasiga AQSh razvedkasi xabar berdi.

Nashrning o‘zi Putinning jangovar harakatlar borishi haqida to‘liq ma’lumotga egaligini shubha ostiga qo‘ymoqda. Bundan tashqari, RF rahbari muddatli harbiy xizmatdagilar urushga yuborilganidan bexabar. 

Oq Uyning ta’kidlashicha, Putinning maslahatchilari unga noto‘g‘ri ma’lumot berib, hujum muvaffaqiyatsizligi va G‘arb sanksiyalarining haqiqiy oqibatlari haqida sukut saqlamoqda.

Ukraina tomoni Rossiya 17 mingdan oshiq askar yo‘qotganini aytgan bo‘lsa, Rossiya bundan ancha kam raqamni keltirgan — 1351 kishi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring