Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Tramp Xitoyda uchrashishi mumkin

Putin va Tramp Xitoyda uchrashishi mumkin

© Sputnik

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning sentyabrda Xitoyda uchrashishi ehtimoli istisno qilinmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Biz Pekinga safarga tayyorlanmoqdamiz. U haqiqatdan davlat rahbarining kun tartibida bor. Biroq biz prezident Tramp ham bu yerga bormoqchi ekanini eshitmadik”, - dedi Kreml vakili.

Peskov Tramp Xitoyga tashrif buyurgan taqdirda uchrashuv o‘tkazish masalani muhokama qilish maqsadga muvofiq bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Britaniyaning “The Times” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda sentyabr boshida Pekinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin qo‘shma uchrashuv o‘tkazishi mumkinligi haqida yozgandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Vladimir Putin Xitoyga tashrif buyurishini tasdiqlagan. Uning Si Szinpin bilan muzokaralari 2 sentyabrga mo‘ljallangan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring