Putin yollanma jangchilarni Ukrainaga yuborishga rozi bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga ko‘ngilli jangchilarni jalb qilish g‘oyasiga rozilik bildirgan.
«Agar pul uchun emas, ixtiyoriy ravishda Donbassga borib yordam berishni xohlayotganlar bo‘lsa, yaxshi, ularni urush hududiga yetib borishiga ko‘mak berishingiz kerak», dedi u Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan uchrashuvda.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev himoyasi uchun qatnashmoqchi bo‘lgan xorijliklardan 20 ming so‘rov kelganini aytgandi.
O‘z navbatida, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bugungi yig‘ilishda Yaqin Sharq davlatlaridan Ukrainadagi janglarda qatnashish istagidagi (Rossiya taraf bo‘lib) 16 mingdan ortiq kishidan so‘rov kelganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 fevral kuni Rossiya Ukraina hududiga qo‘shin tortib kirgandi. Shundan buyon janglar to‘xtagani yo‘q.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlatlarning harbiylashgan tuzilmalariga yollanishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter