Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Zelenskiy bilan uchrashmasligini aytdi

Putin Zelenskiy bilan uchrashmasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida Kursk va Bryansk viloyatlaridagi temir yo‘lda sodir etilgan teraktlardan so‘ng Ukraina bilan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish maqsadga muvofiqligiga shubha qildi.

U bu hujumlar Ukraina rahbariyati ishtirokida uyushtirilganiga ishonch bildirdi. 

Davlat rahbari avvalroq Ukraina va uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar harbiy harakatlarda Rossiyaga strategik mag‘lubiyat uchratishga maqsad qilganini ta’kidladi.

Biroq, hozirda katta yo‘qotishlarga duch kelgan holda, ular terroristik harakatlar sodir etish, qo‘rqitish taktikasiga o‘tishdi. Shu bilan birga, Putinning qayd etishicha, Kiyev 30 yoki 60 kunlik sulh tuzish tashabbusini ilgari surmoqda. 

"Biz nima haqida gapirayapmiz? Kim terrorizmga tayanganlar bilan muzokara olib boradi?" — iddao qildi prezident. 

Putinning ta’kidlashicha, Ukraina tomonini harbiy harakatlarni to‘xtatib, “rag‘batlantirish” mumkin emas, chunki bu unga qo‘shimcha G‘arb qurollarini olish uchun vaqt beradi. Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, uzoq davom etgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimida Kiyev ham aholining majburiy safarbarligini kuchaytirishi va bu muddatdan yangi teraktlar tayyorlash uchun foydalanishi mumkin. 

Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, Kiyev ikki yoki uch kunlik gumanitar sulhga rozilik berishdan bir necha bor bosh tortgani Ukrainaning amaldagi rasmiylari mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishdan manfaatdor emasligini ko‘rsatadi. 

“Bu bizni ajablantirmaydi, balki bizni bugungi Kiyev rejimiga tinchlik umuman kerak emasligiga ishontiradi”, dedi Putin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring