Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinni qotillikda ayblagan jurnalist qayerda ekani ma’lum bo‘ldi

Putinni qotillikda ayblagan jurnalist qayerda ekani ma’lum bo‘ldi

Marina Ovsyannikova

Rossiyaning «Birinchi kanal»i sobiq muharriri, Rossiya armiyasi haqida yolg‘on axborot tarqatishda ayblanayotgan Marina Ovsyannikova Yevropa mamlakatlaridan biriga chiqib ketdi. Bu haqda uning advokati Dmitriy Zaxvatov ma’lum qildi.

«Marina Ovsyannikova Rossiyani tark etishga majbur bo‘ldi. U ayni paytda Yevropa mamlakatlaridan biri himoyasida, xavfsiz joyda», – degan advokat.

Oktyabr oyi boshida Rossiya ichki ishlar vazirligi uy qamog‘idan qochgan M.Ovsyannikovani qidiruvga bergandi. Bu orada jurnalistning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali aybsiz ekani, shunga ko‘ra uy qamog‘i shartlariga bo‘ysunmasligini ma’lum qilgan.

17 oktyabr kuni Moskva sudi Igor va Marina Ovsyannikovalarning 11 yoshli qizi otasi bilan yashashi kerakligi haqida qaror chiqardi. Ammo qizchani onasi o‘zi bilan olib ketgani aytilmoqda.

Marina Ovsyannikova joriy yil 14 mart kuni «Birinchi kanal»i jonli efirida Ukrainada kechayotgan urushga qarshi bayonot bergani bilan tilga tushdi. «Vremya» boshlovchisi Yekaterina Andreyeva G‘arb sanksiyalariga qarshi turish haqidagi lavhaning kirish qismini o‘qiyotganda Ovsyannikova ort kadrda paydo bo‘lib, «Urushni to‘xtating. Propagandaga ishonmang. Bu yerda sizni aldashmoqda. Ruslar urushga qarshi» degan yozuvni ko‘tarib chiqqan.

Ushbu xatti-harakati ortidan qamoqqa olingan va ma’muriy ish doirasida jarimaga tortilgan jurnalist «Novaya gazeta» nashriga bergan intervyusida tergov tafsilotlarini ochiqlagandi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya huquq idoralari Marina Ovsyannikova G‘arb mamlakatlari maxsus xizmati bilan hamkorlik qiladi degan gumonga borgan.

Joriy yil avgust oyida esa M.Ovsyannikova Moskvada «Putin – qotil. Uning askarlari – fashistlar» degan yozuv bitilgan plakat ko‘targancha norozilik namoyishi o‘tkazgan. Buning ortida unga nisbatan jinoiy ish ochilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring