Qahramon qo‘shni: Bolani hojatxonadan qutqargan yigit FVV tomonidan rag‘batlantirildi

FVV qutqaruvchilari qahramonlik ko‘rsatib inson hayotini saqlab qolgan fuqaroni rag‘batlantirishdi.
Joriy yilning 17 iyun kuni soat 14:10 da Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani "Bunyodkor" mahallasi "Izzat" ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi ayol hovlisidagi hojatxonaga farzandi tushib ketganligini ko‘rib, baland ovozda yordamga chaqirgan. Qo‘shnisining ovozini eshitgan qo‘shni yigit darxol hodisa joyiga yetib borib bolani bir necha soniya ichida qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.
Qahramonlikdan xabar topgan Toshkent viloyati FVB rahbariyati inson hayotini saqlab qolgan fuqaroga samimiy minnatdorlik bildirilib, Tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter