Qalloblikda ayblanib qamalgan yigit Yoshlar Ittifoqi kafilligi tufayli ozod qilindi

Navoiy viloyatida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan F.S. odamlarni chuv tushirish orqali daromad ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Yosh yigit ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ish ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Navoiy viloyati kengashi F.S.ning tarjimai holi, qanday muhitda tarbiyalangani, yaqinlari kimligi, oilasining mahalla-ko‘yda qanday mavqega ega ekanini obdon o‘rganib, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani va Yoshlar Ittifoqi kafilligida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘rab, sudga murojaat qildi. Natijada sud Ittifoqning murojaatini qanoatlantirdi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi rasmiy nashri ma’lum qildi.
Natijada sudlanuvchi sud zalidan ozod qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter