«Qamchiq» dovonida 14 kishi qorda qolib ketdi
«Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispetcheriga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, dovondagi shimoliy aylanma yo‘lida ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida ma’lumot kelib tushgan.
Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga zudlik bilan «Qamchiq» qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqishib, tog‘da qolib ketgan 14 nafar fuqarolar hamda ularning transport vositalarini pastga olib tushish hamda evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Qutqaruvchilar barcha fuqarolarni sog‘-omon pastga olib tushib manzillariga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatishdi.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter