Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Foto: FVV

«Qamchiq» dovoni yo‘lida «DAF» rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 16 fevral kuni soat 10:50 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 228-kilometrida haydovchi, 1966 yilda tug‘ilgan D.I. «DAF» rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan avtomobilni to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring