Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamchiqda ayanchli YTH: yong‘in ichida odamlar qolib ketgan

Qamchiqda ayanchli YTH: yong‘in ichida odamlar qolib ketgan

Foto: Namangan viloyati IIB

Bugun, 21-iyul kuni soat 00:05 larda A 373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 222 kilometrida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, vodiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib borayotgan davlat raqami 40 Q 486 XA, tirkama raqami 40 AA 7422 bo‘lgan MAN rusumli yoqilg‘i tashuvchi yuk avtomashinasi, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib,  davlat raqami 40 Q 943 WA bo‘lgan «Damas» avtomashinasiga borib urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda hodisa joyida yong‘in yuzaga kelib, transport vositalari yonib zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lgan hududda «Nexia» avtomashinasiga ham texnik shikast yetgan.

Yong‘in oqibatida vafot etganlar bor, ammo hozircha to‘liq tafsilotlar ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring