Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qamchiq»da yirik YTH sodir bo‘ldi (foto)

«Qamchiq»da yirik YTH sodir bo‘ldi (foto)

Foto: FVV matbuot xizmati

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 05:45da A-373 «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 222,5 kilometri, «Qamchiq» dovoni qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «VOLVO» rusumli yuk mashinasi haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 5 tonnalik hamda 8 tonnalik «ISUZU» yuk mashinalari bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodissasi oqibatida 8 tonnalik «ISUZU»da yong‘in kelib chiqqan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVVining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX xodimlari yetib borgan.

Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar va texnikalar yordamida yonayotgan mashinani soat 06:07 da o‘chirishgan. Shuningdek, hodisa oqibatlarini bartaraf etishga Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar kuch-vositalari ham jalb etilgan.

Qutqaruvchilar tomonidan voqea joyida jabrlangan 3 nafar yuk mashinalari haydovchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Hodisa oqibatida xalok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring