Qamchiqda yuk mashinasi beton to‘siqqa urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi
25 avgust kuni «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘nalishida harakatlangan «ISUZU» rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan.
Buning oqibatida yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk mashinaning yukxonasida 8 tonna qurilish xomashyosi, ya’ni betonga qo‘shiladigan kimyoviy eritma borligi ma’lum bo‘lgan.
Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan FVV shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in bartaraf etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter