Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Qamchiq"da yuk mashinasi YTHga uchradi

Kecha, 9 oktyabr kuni soat 07:30 larda Qamchiq dovonida "MAN" rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi qarama-qarshi oqimni ajratuvchi to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga yordam ko‘rsatilgan.

Ayni paytda qo‘shimcha surishtiruvlar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring