Qarishni sekinlashtiradi: karam haqida muhim faktlar
Karamda pomidorga qaraganda uch baravar ko‘p vitaminlar mavjud. Uning tarkibida ko‘p miqdorda C, E vitaminlari va beta-karotin mavjud bo‘lib, ular tananing qarishini sekinlashtiradigan ajoyib tabiiy antioksidantlardir. Bu haqda rossiyalik onkolog Andrey Vorobyov ma’lumot berdi.
Mutaxassis karam tarkibida yuqori miqdorda xun tolasi borligini eslatdi. Ular toksinlar va chiqindilarni olib tashlashga yordam beradi, shuningdek ovqat hazm qilishni tezlashtiradi.
Bundan tashqari, karam tarkibida antosiyaninlar deb ataladigan antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, bu modda yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi.
Shifokor karamdagi fitosterollar (o‘simlik sterollari) va erimaydigan tolalarning ko‘pligi ovqat hazm qilish traktining holatini yaxshilashini ta’kidladi. Karam, shuningdek oshqozonda foydali bakteriyalarning ko‘payishini rag‘batlantiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter