Qaror qat’iy! Habib va Konor janglardan chetlatildi
![Qaror qat’iy! Habib va Konor janglardan chetlatildi](http://static.xabar.uz/crop/2/7/720_460_95_2794192197.jpg)
Kecha, 29-yanvar kuni AQShning Nevada shtati sport komissiyasi UFC 229 turnirida ro‘y bergan tartibsizlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Unga ko‘ra, Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatildi va 500 ming dollar jarimaga tortildi. Konor MakGregor esa 6 oyga diskvalifikatsiya qilindi va 50 ming dollar jarima to‘laydi.
Habibning ukasi Abubakar va jamoadoshi Zubayra Tuxugov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi. Shuningdek ularga 25 ming dollardan jarima belgilandi.
Diskvalifikatsiya muddati 6 oktyabrdan hisoblanadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter