Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi davlat universitetida pichoqlangan qizning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Qarshi davlat universitetida pichoqlangan qizning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Joriy yil 22-iyun kuni Qarshi davlat universitetida pichoqbozlik yuz bergani va unda fuqaro M.E o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan mazkur universitetning talabasi fuqaro S.T. bilan universitet hududida o‘zaro janjallashib, uning tanasini turli sohalariga o‘zi bilan olib kelgan pichoqni 8 marotaba sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazgani xabar qilingan edi.

Voqea rivojida fuqaro M.E. ham o‘zining qorin bo‘shlig‘iga pichoq sanchib, o‘ziga-o‘zi tan jarohati yetkazgan.

«Mening yurtim» telekanalining axborot dasturida ma’lum qilinishicha, hozirda har ikkala fuqaroning ahvoli qoniqarli.

«Soat 9:00 lar atrofida bizga 2 nafar bemor olib kelindi. Og‘ir ahvolda bo‘lgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsion bo‘limga olindi. Kerakli tekshiruvlar o‘tkazilib, jarohatlari tikildi.

Hozirda bemorlarning ahvoli barqaror. Hozirgi kunda ulardan biri xirurgiya bo‘limida, ikkinchisi esa reanimatsiya bo‘limida standart bo‘yicha davo muolajalarini olib kelmoqda», – deydi bemorlarni qabul qilgan shifokor.

Mazkur voqea muhokamasida aytilishicha, yigit bu ishni qizning oila a’zolari unga qizlarini bermasligini aytganidan keyin sodir etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring