Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida bank shoxobchasi binosi yonib ketdi

Qarshida bank shoxobchasi binosi yonib ketdi

Qarshi shahrida Xalq banki filiali shoxobchasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 2 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borgan va yong‘inni soat taxminan 11:15 lar atrofida to‘liq o‘chirgan.

Yong‘in oqibatida bank shahobchasining 8 metr kvadrat maydonda tom qismi va tashqi qoplamasi zarar ko‘rgan, yong‘indan binoning 82 metr kvadrat maydoni hamda ichidagi jihozlari saqlab qolingan.

Aniqlanishicha, yong‘in elektr kabellarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lgan va oqibatda hech kim tan jarohat olmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring