Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida ichki ishlarga ishga olib kirishni va’da qilgan fuqaro ushlandi

Qarshida ichki ishlarga ishga olib kirishni va’da qilgan fuqaro ushlandi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 24-avgust kuni Nishon tumanida yashovchi S.L. ismli ayol viloyat IIBga murojaat qilib, Qarshi shahrida yashovchi X.S., uning o‘g‘li A.Q.ni tanishlari orqali 1000 AQSh dollari evaziga ichki ishlar organlariga yoki 500 AQSh dollari evaziga xalq qabulxonasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytganini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida X.S. 1000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring