Qarshida «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi

Qarshi shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat FVB xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha 24 fevral kuni soat 16:08 larda sodir bo‘lgan. Nasaf ko‘chasida joylashgan «NEW POVER» gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasiga gaz quyilayotgan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Oqibatda mashinaning orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan va hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter