Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida oq rangli Cobalt qidirilyapti. U maktab o‘quvchisini urib qochib ketgan

Qarshida oq rangli Cobalt qidirilyapti. U maktab o‘quvchisini urib qochib ketgan

Joriy yil 5-dekabr kuni taxminan soat 20:00larda Qarshi shahar, «Nasaf» ko‘chasida joylashgan «Original» super marketi ro‘parasidagi yo‘lning piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan piyoda, Qarshi shahar 6-mitti tumanida yashovchi, voyaga yetmagan X.D.ni Cobalt urib yuborgan.

Avtomobil haydovchisi YTH sodir etganiga qaramay hayoti va sog‘lig‘i xavf ostiga qolgan voyaga yetmagan fuqaroga yordam ko‘rsatmasdan hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan. Natijada, X.D. tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Oq rangli Cobalt ekani aytilayotgan avtomobil davlat raqam belgisisiz bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Holat yuzasidan viloyat miqyosida avtomashinani qidirib topish bo‘yicha ishlar tashkillashtirilgan.

Fuqarolardan yuqoridagi YTH bilan bog‘liq ma’lumot bo‘lgan taqdirda, ichki ishlar organlarining 102 qisqa telefon raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar berishlari so‘ralmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring