Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida yangi inkubatsiya markazi ishga tushirildi

Qarshida yangi inkubatsiya markazi ishga tushirildi

IT-Park hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutining Qarshi filialida yangi inkubatsiya markazi ochildi.

Ochilish marosimida vazirlikning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, IT-Parkning hududiy bo‘limi rahbar va xodimlari qatnashdi.

Mazkur inkubatsiya markazini tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlarning innovatsion loyihalari va startaplarini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Muntazam ravishda mahorat dars, xakaton, ideaton va boshqa startap tanlovlarini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga yetakchi IT-mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan mentorlardan javob olishlari mumkin.

Har bir oliy o‘quv yurtidagi inkubatsiya markazlari simsiz internetdan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, yosh avlod vakillarining yangi loyihalarini yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur jihozlar va uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring