Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda bandlik boshqarmasi inspektori ushlandi

Qashqadaryoda bandlik boshqarmasi inspektori ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Qashqadaryo viloyatida fuqaroni ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan davlat mehnat huquq inspektori fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.

Unda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat mehnat huquq inspektori A.H. (muqaddam sudlangan) o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.H.ni Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filialiga orastabon vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

So‘ngra ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollari va 3,3 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring