Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda chiqindi tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

Qashqadaryoda chiqindi tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

Kecha, 18 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida chiqindi tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo FVB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 18 iyul kuni soat 13:26 larda Muborak tumani FVB ga «Sariq» MFY  hududidan o‘tgan A-380 avtomobil yo‘lining 118 kilometrida  harakatlanib ketayotgan mashina yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘inga 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb qilingan va voqea joyiga soat taxminan 13:30 larda yetib borib, yong‘in soat 13:40 larda to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida Muborak tuman «Chimyon Ekspres» MChJ ga tegishli «ISUZU» rusumli chiqindi tashishga mo‘ljallangan avtomobilining salon va shinalari yonib zararlangan.  

Yong‘in sababi elektr simlarini qisqa tutashuv natijasida ekanligi taxmin qilinmoqda. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring