Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda hokimlik bosh mutaxassisi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda hokimlik bosh mutaxassisi qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar hokimligi sho‘’ba bosh mutaxassisi A.B. va fuqaro M.T. fuqaro D.D.ga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish masalasini hal qilib berish evaziga 2,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring