Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda marhumga 44 million so‘m jarima solindi. Keyin...

Qashqadaryoda marhumga 44 million so‘m jarima solindi. Keyin...

Foto:«Sputnik»

Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi Bodom Shodiyeva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, 2003-yilda vafot etgan marhum turmush o‘rtog‘i Elmurod Do‘satov nomiga o‘limidan o‘n to‘rt yil o‘tib tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilganligi va marhumga nisbatan 44 044 294 so‘m jarima qo‘llanilganligini ma’lum qilgan.

Murojaat o‘rganilganda, tuman elektr ta’minoti korxonasi nazoratchilari tomonidan marhum E. Do‘satov nomiga dalolatnoma yozilib, jarima summasi esa B.Shodiyevaga tegishli bo‘lgan xonadonga ochilgan abonent raqamiga kiritilganligi aniqlandi. Biroq, o‘rganish jarayonida ushbu dalolatnomani elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari topib berisha olmadi. Bundan ko‘rinadiki, sobiq nazoratchilar xonadonga bormasdan, u yerda yashovchilar bilan uchrashmasdan, guvohlarsiz dalolatnoma rasmiylashtirishgan va jarima hisoblashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 351-moddasida «Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo‘lmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi» deb belgilab qo‘yilgan. Kodeksning mazkur moddasi talablaridan kelib chiqib, «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJga marhumning zimmasidagi qarzdorlikni uning hisobidan chiqarish yuzasidan ma’lumot kiritilib, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga tegishli hujjatlar taqdim etildi. Marhum E.Do‘satov qarz yukidan xalos bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring