Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik ko‘paydi

Qashqadaryoda o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik ko‘paydi

Maktablarda ta’lim sifatining pastligi, o‘quvchilarning davomati va xulq-atvori nazorat qilinmasligi natijasida maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan mazkur turdagi huquqbuzarliklar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 taga yoki 60 foizga oshgan. Tahlillarga ko‘ra, jinoyatlarning 2 tasi qotillik (Qarshi sh, Dehqonobod t), ya’ni o‘lim bilan yakun topgan.

Jumladan, Qarshi shahar 27-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Qarshi shahar «Komilon» MFY Buloq ko‘chasi 35-uyda yashagan fuqaroni qasddan o‘ldirib, o‘zining jinoiy qilmishlarini yashirish maqsadida, marhumning turmush o‘rtog‘i, onasining ham boshiga urgan, so‘ngra uning «Neksia-3» mashinasini olib voqea joyidan yashiringan.

Aytilishicha, 2022 yil 5 oyida 29 nafar o‘qituvchi quyidagi turlar bo‘yicha jinoyat sodir etgan:

  • 1 ta qotillik (Shahrisabz shahar 30-maktab o‘qituvchisi);
  • 2 ta o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish (Qarshi shahar 20-maktab);
  • 2 ta yengil tan jarohati yetkazish;
  • 1 ta nomusga tegish (Qamashi tumani);
  • 2 ta o‘g‘rilik (Chiroqchi tumani);
  • 1 ta bezorilik (Qamashi tumani).

Shuningdek, viloyat XTB tizimida ishlovchi rahbar va mansabdor shaxslar tomonidan korrupsiya, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etish holatlari soni ham oshib borayotgani aytilgan.

Xususan, Koson tumani XTB mudiri S.D., Qarshi shahar XTB metodisti Q.D. jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bundan tashqari, 2022 yil 4 mart kuni Koson tuman XTB tasarrufidagi 55-maktab direktori M.B. fuqaro Sh.X.ni ushbu maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi lavozimiga ishga olish evaziga undan 400 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring