Qashqadaryoda somon bog‘lami ortilgan «KAMAZ» yonib ketdi

Kecha, 12 iyul kuni soat 17:24 larda Qarshi tumani «Taxtapul» MFY hududidan o‘tgan ichki yo‘lida somon bog‘lami (press) ortilgan qizil rangli «KAMAZ» yonib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv-bo‘linmasi jalb qilinib, yong‘inga soat 17:54 larda to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida yuk mashinasi qisman zararlangan, yukxonasiga ortilgan somon bog‘lami yongan.
Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani «Shirinobod» MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo‘lgan, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter