Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketib, ag‘darilgani aytilmoqda (foto)

Qashqadaryoda yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketib, ag‘darilgani aytilmoqda (foto)

Foto:«Daryo-LIVE»

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi «Chashmaihofizon» temiryo‘l stansiyasi yaqinida 1-mayga o‘tar kechasi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Dehqonobod—Boysun—Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketgan.

«Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ag‘darilgan vagonlarning yo‘lovchilari avtobusda tashilgan. Hodisa haqida rasmiy axborot berilmagan, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot (hozircha) yo‘q», deya yozmoqda «Daryo-LIVE».

Mazkur masala yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati bilan bog‘landik. Matbuot xizmati vakillaridan biri vaziyat bo‘yicha hozircha axborot yo‘qligini, tez orada bayonot berilishini bildirdi.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-aprel kuni Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kib, temir yo‘lga ziyon yetgani va poyezd qatnovi to‘xtab qolgan, keyinroq tiklangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring