Qashqadaryoda «Zil» «Nexia» bilan to‘qnashish natijasida ag‘darilib ketdi

Bugun Qashqadaryo viloyatida «Zil» yuk mashinasi va «Nexia» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2022-yil 10-sentyabr kuni soat 09:00lar atrofida 4R-79 «Qarshi-Chim» avtomobil yo‘lining 17 km.da haydovchi D.A. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia» rusumli avtotransport vositasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi P.N. boshqaruvida bo‘lgan «Zil» rusumli yuk avtransport vositasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada «Nexia» haydovchisi D.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter