Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryodagi shifoxonalarning birida portlash sodir bo‘ldi (foto)

Qashqadaryodagi shifoxonalarning birida portlash sodir bo‘ldi (foto)

Foto: Nasafnews

Qarshi shahar Ravoq mahallasida joylashgan viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida joriy yilning 24-dekabr kuni tongda portlash sodir bo‘ldi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, portlashga shifoxonaning ikkinchi qavatidagi xonalardan birida to‘plangan gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgan.

Natijada ikki nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring