Qatar-2022: So‘nggi to‘rt o‘yin uchun «Orzu» to‘pi taqdim etildi
FIFA Qatardagi jahon chempionatining so‘nggi to‘rt o‘yini uchun rasmiy to‘pni taqdim etdi.
«Al Hilm» deb nomlangan ushbu to‘pdan ikki yarimfinal, uchinchi o‘rin uchun va final o‘yinida foydalaniladi. Uning nomi arab tilidan tarjima qilinganda «Orzu» ma’nosini beradi, deyiladi FIFA rasmiy sayti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi mundialning guruh bosqichi, 1/8 va 1/4 finallarida «Al RIhla» (arabchadan tarjimasi — «Sayohat») nomli to‘pdan foydalanilgandi.
Yangi to‘pning oldingisidan asosiy farqi — ekologik toza ashyolar: suv asosidagi bo‘yoq va yelim ishlatilgan. Dizaynidagi bosh unsur — Dohani qurshab turgan cho‘lni ifodalovchi uchburchak.
«Orzu» to‘pini birinchi bo‘lib Xorvatiya – Argentina (13-dekabr), keyin Fransiya – Marokash (14-dekabr) o‘yinida ko‘ramiz. Uchinchi o‘rin uchun bahs 17-dekabrda, chempionni aniqlovchi final 18-dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter