Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatar OPEK a’zoligidan chiqadi

Qatar OPEK a’zoligidan chiqadi

Foto: «Segodnya.ua»

Qatar OPEK ni tashkilot a’zoligidan chiqayotgani haqida xabardor qildi. Qatar neftining OPEK dagi ulushi 2017-yili 1,85 foizni tashkil etdi. Rasmiy Doha o‘z qarorini endi gaz qazib olishga katta e’tibor qaratilishi bilan izohladi.

Qatar energetika vaziri Saad al-Kaabining ta’kidlashicha, neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)ga a’zolikdan chiqilishi haqida xabar berilgan.

— Chiqish qarori (OPEK tarkibidan) Qatarning siqilgan tabiiy gaz hajmini yiliga 77 million tonnadan yaqin yillarda 110 million tonngacha yetkazish rejasi bilan bevosita bog‘liq, — dedi vazir.

OPEK a’zoligidan chiqilishini «Qatar Petroleum» davlat kompaniyasi ham tasdiqladi. 2019-yil 1-yanvaridan Qatar tashkilot a’zolari ro‘yxatida bo‘lmaydi.

Al-Kaabi OPEK dan chiqilishi Saudiya Arabistoni va BAA (OPEK a’zolari), Misr va Bahrayn (OPEK a’zolari emas) tomonidan Qatarning blokada qilinishiga bog‘liq emas, dedi.

Qatar neftining OPEK dagi ulushi 2017-yili 1,85 foizni tashkil etdi, mamlakat kuniga 600 ming barrel atrofida neft qazib oladi. Tashkilot a’zolari esa birgalikda bir kunda 32 mln. barreldan ziyod neft chiqaradi.

OPEK — neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotiga 1960-yili asos solingan. Dastlab unga Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuela a’zo bo‘lgan. Qatar tashkilot a’zoligiga 1961-yili qabul qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring