Qatarda JCh-2022 inshootlarini qurishda har hafta 12 kishi halok bo‘lyapti

Futbol bo‘yicha 2022 yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chepionati inshootlarini qurishda har hafta 12 kishi qurbon bo‘lyapti, deya xabar beradi «Gazeta.ru».
Bu haqda Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (MKP) ma’lum qilgan.
Hozir qurilishda ishlayotgan muhojirlar soni 1,2 million kishiga yetgan. Hukumat yaqin vaqt ichida muhojirlar sonini yana million kishiga yetkazmoqchi.
O‘lim baxtsiz tasodif tufayli emas, balki ish sharoitidan kelib chiqib sodir bo‘lmoqda. Odamlar 50 daraja issiqda ham mehnat qilishyapti. Ishlash uchun zarur sharoitlar yo‘q.
Aytilishicha, ish beruvchilar qonunga rioya qilishmayapti, ishchilarni qo‘rqitib, maoshlarini bermayapti, ishchilarning pasportlarini ham olib qo‘yishgan.
Hindistonning Qatardagi elchisi aytishicha, 2018 yilning birinchi yarmida Qatarda 82 nafar hind halok bo‘lgan. 1460 kishi noqulay mehnat sharoitidan shikoyat qilgan. Yetmish nafar nepallik fuqaro ishni tashlab, o‘z konsulligi orqali uylariga ketib qolgan. Ularning hujjatlarini tortib olishgan, maoshlarini to‘lashmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter