Qatarda Messi yashagan xona muzeyga aylantirildi

Jahon chempionati paytida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yashagan xona mini-muzeyga aylantirildi. Bu haqda BNR.bg portali xabar berdi.
Messi va Argentina terma jamoasi futbolchilari mundial paytida 29 kun davomida Qatar universiteti 1-yotoqxonasidagi xonalarni band etishgan. Jahon chempionati payti yotoqxona argentinaliklarga moslab bezatilgan edi.

Universitet ma’muriyati jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Messi sharafiga u yashagan B201 xonani mini-muzeyga aylantirishga qaror qildi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter