Qatardagi jahon chempionatini boshqargan eng yaxshi hakam aniqlandi
Italiyalik futbol hakami Daniele Orsato Qatarda o‘tgan jahon chempionatini boshqargan hakamlar orasida eng yaxshisi deb topildi. U Julio Kampanati nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.
Qatar-2022da Orsato uchta o‘yinga hakamlik qildi: Qatar-Ekvador (ochilish), Argentina-Meksika (guruh bosqichidagi 2-tur) va Argentina-Xorvatiya (yarimfinal).
Kampanati mukofoti Braziliya mundialga mezbonlik qilgan 2014-yildan buyon topshirib kelinadi. Mukofot ta’sischisi — Italiya arbitraj assotsiatsiyasining Milan sho‘’basi hamda «Julio Kampanatining do‘stlari» uyushmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter