«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi»: ayrim yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilindi, chiptalar qaytariladi
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi 2023-yilning 13, 14 va 15-sentyabr kunlari bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati bekor qilinishi haqida xabar qildi. Kompaniya axborot xizmatiga ko‘ra, bu texnik sabablar bilan bog‘liq.
Bekor qilingan qatnovlar, jumladan:
13-sentyabr kuni
- 4-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi
14-sentyabr kuni
- 3-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi
- 4-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi
- 80-sonli «Toshkent — Termiz» yo‘nalishi
- 79-sonli «Termiz — Toshkent» yo‘nalishi
- 682-sonli «Qumqo‘rg‘on — Sariosiyo» yo‘nalishi
- 681-sonli «Sariosiyo — Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishi
- 16/15-sonli «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi
15-sentyabr kuni
- 3-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishi
14-sentyabr kuni 760-sonli «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha harakatlanadi:
- Toshkent 8:00 — Samarqand 10:08
Shuningdek, 759-sonli «Qarshi — Toshkent» yo‘nalishida poyezd Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi:
- Samarqand 17:58 — Toshkent 20:08
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ushbu kunlarga sotilgan chiptalar summasi to‘liq qiymatda qaytarilishini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter