Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qay hollarda sud qoidabuzarni kechiradi?

Qay hollarda sud qoidabuzarni kechiradi?

Foto: «Xabar.uz»

12 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, sud uni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilib, ishni tugatishi mumkin. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ushbu norma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning:

40-moddasida — tuhmat;

41-moddasida — haqorat qilish;

45-moddasida — fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish;

46-moddasida — fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish;

46-1-moddasida — shaxsiy hayot daxlsizligini buzish;

52-moddasida — yengil tan jarohati yetkazish;

61-2-moddasida — mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish;

104-moddasida — ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish;

133-moddasida — transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;

134-moddasida — haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi;

183-moddasida — mayda bezorilik;

200-moddasida nazarda tutilgan o‘zboshimchalik kabi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha yarashuv shartlari bajarilgan hollarda tatbiq etilishi mumkin.

Eslatish joizki, ushbu huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring