Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qayg‘uli voqea va ta’sirli ijro. Qalblarni larzaga keltirgan video

Qayg‘uli voqea va ta’sirli ijro. Qalblarni larzaga keltirgan video

Foto: «YouTube»

«Amerikada talantlar bor» televizion shousi shunchaki iqtidorlilar tanlovi emas. Har bir ishtirokchining chiqishi millionlab qalblarni larzaga keltiradi.

Evi Kler ismli yosh qizaloq bu sahnaga mashhurlik uchun qadam qo‘ymagandi. U o‘z qo‘shig‘i orqali saraton bilan kurashayotgan otasini qo‘llab-quvvatlash niyatida edi.

Evi bu haqida ko‘zida yosh bilan hikoya qilib berdi. Chiqishining ilk soniyalaridanoq u juda samimiy, chin qalbidan kuylashi ayon bo‘ldi. Uning shirali ovozi va ta’sirli qo‘shig‘i butun zalni yig‘latdi. Iqtidorli Evining chiqishini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin. Birgina shu videorolik ikki oy ichida 66 million marta ko‘rildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring