Qaysi oylarda ko‘proq chaqaloqlar tug‘ilmoqda?

O‘zbekistonda qaysi oylarda ko‘proq tug‘ilish bo‘lgani ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 887 424 nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan.
2023-yilning 11 oyida oylar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni:
yanvarda – 76 211 nafar
fevralda – 64 879 nafar
martda – 73 948 nafar
aprelda – 65 787 nafar
mayda – 81 138 nafar
iyunda – 72 609 nafar
iyulda – 95 374 nafar
avgustda – 97 310 nafar
sentyabrda – 89 629 nafar
oktyabrda – 90 451 nafar
noyabrda – 80 088 nafar
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSV Yangi yil kuni qancha chaqaloq dunyoga kelgani haqida ma’lumot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas