Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi vazirliklar o‘zgardi?

Qaysi vazirliklar o‘zgardi?

«Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon bilan mavjud 25 ta vazirlik o‘rniga 21 ta vazirlik tashkil etilgani ma’lum qilingandi.

Unga ko‘ra, ikkita yangi vazirlik tashkil qilindi, ikkitasining nomi o‘zgardi. Shuningdek, bir nechta vazirlik o‘zaro birlashtirildi.

  1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (amaldagi nomi: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi);
  2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi birlashtirilmoqda);
  3. Tog‘-kon va geologiya vazirligi (yangi tashkil etilgan vazirlik);
  4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Qurilish hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi birlashtirilmoqda);
  5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Mehnat vazirligi birlashtirilmoqda);
  6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Oliy ta’lim hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi birlashtirilmoqda);
  7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (Maktabgacha ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi birlashtirilmoqda);
  8. Tabiat resurslari vazirligi (yangi tashkil etilgan vazirlik);
  9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Yoshlar ishlari agentligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi birlashtirilmoqda);
  10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  11. Suv xo‘jaligi vazirligi;
  12. Raqamli texnologiyalar vazirligi (amaldagi nomi: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi);
  13. Adliya vazirligi;
  14. Transport vazirligi;
  15. Madaniyat va turizm vazirligi (Madaniyat hamda Turizm vazirliklari birlashtirilmoqda);
  16. Mudofaa vazirligi;
  17. Energetika vazirligi;
  18. Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  19. Tashqi ishlar vazirligi;
  20. Ichki ishlar vazirligi;
  21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Tabiiyki endi yangi va birlashtirilgan vazirliklarda yangi tayinlovlar amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring