Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi viloyatdan eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi

Qaysi viloyatdan eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Shundan:

  • 395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
  • 819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
  • Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

  1. Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
  2. Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
  3. Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
  4. Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
  5. Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
  6. Andijon viloyati — 79 235 nafar.
  7. Namangan viloyati — 77 607 nafar.
  8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
  9. Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
  10. Toshkent shahri — 68 545 nafar.
  11. Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
  12. Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
  13. Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
  14. Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring